Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi raisi ishdan olindi
Kun.uz'dagi ma’lumotga ko‘ra, uning ishdan bo‘shatilishi mazkur sud ayrim xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlariga bog‘liq ekani aytilmoqda.

FIB Uchtepa tumanlararo sudi / Foto: Google Maps
Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi raisi Mansur Imomov ishdan olingan. Kun.uz manbasining ma’lum qilishicha, uning ishdan bo‘shatilishi mazkur sud ayrim xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlariga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Sudyalar oliy kengashi matbuot kotibi Tursunali Akbarov sud raisi lavozimidan olinganini tasdiqladi, shu bilan birga, “sudning ayrim xodimlari”ga oid gaplar shunchaki mish-mish ekanini aytdi.
Unga ko‘ra, Mansur Imomov Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzgani uchun lavozimidan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.
Mavzuga oid

23:55 / 17.05.2025
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi

19:27 / 17.05.2025
Toshkentda kuchli dovul kuzatildi

09:41 / 16.05.2025
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi

10:36 / 15.05.2025