Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolgariya Ukrainaga MiG-29 qiruvchilarini beg‘araz yetkazib berish rejasini rad etdi
Bolgariya o‘zining MiG-29 qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga beg‘araz yetkazib berish niyatida emas, deya ma’lum qildi Bolgariya Mudofaa vazirligi.
Bunday qaror armiyadagi kamomadga olib keladi, bu respublika konstitutsiyasi hamda Bolgariya mudofaa va qurolli kuchlari to‘g‘risidagi qonunga ziddir, deya tushuntirdi vazirlik.
Shu bilan birga, Sofiya mavjud qurollarning bir qismini ittifoqdosh davlatlarning mos keladigan qurollari bilan almashtirish maqsadida uch tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deya ta’kidladi Bolgariya Mudofaa vazirligi.
Avvalroq bir qator ommaviy axborot vositalari AQShning internetga tarqalib ketgan maxfiy hujjatlariga tayanib, Bolgariya go‘yoki MiG-29'ni Ukrainaga beg‘araz yetkazib bermoqchi ekani haqida xabar qilgan edi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025