Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident yoshlar bandligini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgan hududlarni sanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tyapti.
Qayd etilishicha, yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha sezilarli ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
- 130 ming talaba yoshlarga 1,7 trillion so‘m ta’lim krediti berildi, xotin-qizlarning magistraturada o‘qishi bepul bo‘ldi;
- 53 ming nafar ehtiyojmand talabalarga o‘qish uchun kontrakt pullari to‘landi;
- 81 ming talabaga uy-joy ijara to‘lovi ajratildi, 15,5 ming yoshlarga harbiy xizmat uchun mablag‘ to‘lab berildi;
- 13 ming yoshlarga chet tillari bo‘yicha sertifikat olish xarajati to‘lab berildi;
- “Yoshlar daftari” orqali 300 ming yoshlarga qariyb 600 milliard so‘mlik yordam ko‘rsatildi.
Shuncha sharoit yaratilganiga qaramasdan, ayrim hokimlar va vazirlar yoshlar masalalari bilan jiddiy shug‘ullanmayotgani, ayniqsa Termiz shahri, Chiroqchi, Kasbi, Urgut, Sherobod, Angor, Uzun, Muzrabot, Amudaryo, Dehqonobod, Oltinsoy, Sharof Rashidov, Asaka, Qamashi, Taxiatosh va Peshku tumanlarida yoshlarning bandligini ta’minlash oqsayotgani tanqid qilindi.
Mavzuga oid
15:52 / 15.05.2025
O‘zbekistonda “Harvardchilar maktabi” ochiladi
18:39 / 16.04.2025
Bill Geyts sun’iy intellekt ba’zi kasb egalarini ishsiz qoldirishini bashorat qildi
15:16 / 03.04.2025
Mubin Mirzayev o‘zini o‘zi band qilish turlari qisqarishiga izoh berdi
17:25 / 28.03.2025