Jahon | 10:23 / 12.04.2023
9387
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh maxfiy ma’lumotlar sizib chiqishi fonida Ukraina qo‘llab-quvvatlanishini tasdiqladi

AQSh davlat kotibi va mudofaa vaziri Pentagonning maxfiy hujjatlari oshkor etilishi fonida Ukrainani qat’iy qo‘llab-quvvatlashga ishontirdi. Ulardan biridan xulosa qilish mumkinki, Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumga tayyorgarligi qoniqarli emas.

Foto: Reuters

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken va mudofaa vaziri Lloyd Ostin ukrainalik hamkasblarini tinchlantirib, Vashington Kiyevni Rossiya agressiyasiga qarshilik ko‘rsatishda qat’iy qo‘llab-quvvatlashda davom etishini tasdiqladi, deb xabar bermoqda AFP 12 aprel, chorshanba kuni. Blinken va Ostinning so‘zlari Pentagon va Amerika razvedkasi maxfiy hujjatlari sizdirilishi fonida yangradi, ularning ba’zilari Ukrainadagi urush bilan bog‘liq.

Blinken Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan suhbatda Vashington «Ukrainani va uning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligini himoya qilish borasidagi sa’y-harakatlarini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashda» davom etishini yana bir bor tasdiqladi.

Lloyd Ostin, o‘z navbatida, Ukraina Mudofaa vazirligi rahbari Oleksiy Reznikov bilan suhbatlashdi. «U va Ukraina rahbariyati muammoni hal qilishga e’tibor qaratishadi, - dedi AQSh harbiy idorasi rahbari suhbatdan so‘ng. - Ularda muvaffaqiyatni davom ettirish uchun juda ko‘p narsa bor».

Aprel oyi boshida Twitter'da AQSh razvedkasi va Pentagonning 100 dan ortiq maxfiy hujjatlari joylashtirildi. The New York Times birinchi bo‘lib bunga e’tibor qaratdi. Bungacha Ukraina mojarosiga bag‘ishlangan 50 dan ortiq maxfiy fayllar o‘yin saytlarida topilgan edi, deya ta’kidladi gazeta. Ular mart oyi boshida tarmoqqa sizib chiqqan. Rasmiy ravishda, Vashington hujjatlarning haqiqiyligini tasdiqlamadi, ammo CNN va Reuters manbalari birinchi partiyadagi hujjatlar haqiqiy bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid