Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reuters: Serbiya Ukrainaga qurollar yetkazib berishga rozi bo‘ldi
Internetga sizib chiqqan maxfiy hujjatdan ma’lum bo‘lishicha, Belgrad yo Kiyevga qurol jo‘natishga rozi bo‘lgan yoki jo‘natib bo‘lgan. Hujjatda Serbiya kelajakda Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishga tayyorligi ta’kidlangan, deb xabar berdi Reuters.
Pentagonning yaqinda jamoatchilikka e’lon qilingan maxfiy hujjatiga ko‘ra, Serbiya - Yevropada Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy harakatlari sababli RFga nisbatan sanksiyalar qo‘llashdan bosh tortgan yagona davlat, Ukrainaga qurol yetkazib berishga rozi bo‘lgan yoki allaqachon yuborgan. Bu haqda 12 aprel, chorshanba kuni Reuters axborot agentligi ma’lumot berdi.
Qaysi miqdorda va qanday qurol yetkazib berilgan bo‘lishi mumkinligi noma’lum. Agentlik 2 mart kungi «Yevropa | Rossiya-Ukraina davom etayotgan mojarosiga javob» nomli hujjatga tayangan. Unda Ukrainaning harbiy yordam so‘roviga javoban 38 ta Yevropa davlatining «taxminiy pozitsiyalari» ro‘yxati keltirilgan.
Diagrammaga ko‘ra, Serbiya ukrainalik askarlarni tayyorlashdan bosh tortgan, ammo Kiyevga qurollar yetkazib berishga rozi bo‘lgan yoki ularni allaqachon yuborgan. Hujjatda, shuningdek, Serbiyaning kelajakda Ukrainaga qurol yetkazib berish uchun siyosiy irodasi va harbiy salohiyati borligi qayd etilgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025