Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada maktab bitiruvchilariga shartnoma asosida armiyada xizmat qilishga ruxsat berildi
Mudofaa vazirligi Rossiya maktablari bitiruvchilari bilan harbiy xizmatni o‘tash uchun shartnomalar tuzishi mumkin bo‘ladi. Bungacha amal qilgan cheklovlar Davlat dumasi tomonidan 11 aprel kuni bekor qilindi.
Rossiya Mudofaa vazirligi 18 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari bilan shartnomalar tuzishi mumkin bo‘ladi. Elektron chaqiruv qog‘ozlarini joriy etish bilan birga, Davlat dumasi 11 aprel, seshanba kuni buning uchun mavjud bo‘lgan cheklovlarni olib tashladi. Deputatlar «Harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonunning harbiy shartnoma tuzish qoidalarini belgilab beruvchi 34-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni ma’qulladi. Hujjat Davlat dumasi saytida e’lon qilingan.
Ushbu moddaning oldingi tahririga ko‘ra, armiya, Milliy gvardiya, Tashqi razvedka xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, «FSB» va davlat qo‘riqlash organlarida xizmat qilish uchun shartnomani muddatli harbiy xizmatni o‘tmagan 18 yoshdan oshgan, o‘rta maxsus ta’lim muassasasini tamomlagan shaxs ham tuzishi mumkin edi. Endilikda «o‘rta maxsus ta’lim olgan» fuqarolar haqidagi ibora qonundan olib tashlandi.
Davlat dumasi Mudofaa qo‘mitasi rahbari Andrey Kartapolov o‘tgan yozda shunday tuzatishni qabul qilishni taklif etgandi. Biroq, e’lon qilinganidan so‘ng, u ko‘rib chiqilmadi va 2022 yil oktabr oyida kuchga kirgan qonun versiyasida yo‘q edi. Bu safar, BBC ta’kidlashicha, texnikumni tugatmagan 18 yoshli o‘smirlar bilan harbiy shartnomalar tuzish to‘g‘risidagi tuzatish deyarli bir ovozdan ma’qullandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025