Xandaqlardan qaytayotgan askarlar va Izyumdagi sapyorlar. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 412-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Davlat dumasi uchinchi o‘qishda «Harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Federal qonunga o‘zgartirishlarni qabul qildi. Endilikda elektron chaqiruv qog‘ozi qog‘ozdagisiga tenglashtiriladi. Rossiya hukumati harbiy ro‘yxatga olishning raqamli reyestrini yaratadi, u harbiy komissarliklar tomonidan yuritiladi. Chaqiruv qog‘ozi jo‘natilganlar komissariatga kelmasa, yangicha sanksiyalar qo‘llanishi mumkin, masalan, ko‘chmas mulk va transport vositalarini ro‘yxatga olish taqiqlanadi.
- Kremlda ma’lum qilishlaricha, harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar safarbarlik bilan bog‘liq emas.
- FXX davlatga xiyonatda gumon qilib yana ikki kishini qo‘lga oldi. Unga ko‘ra, saxalinliklardan biri go‘yoki Ukraina tomonida urushishga otlangan. Xabarovskda yashovchi kishi esa Ukraina QK uchun pul yuborishda gumonlanmoqda. Ularning ikkisi ham 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
- Portlovchi moddalar yuklangan dron Belgoroddagi aeroport to‘sig‘iga urildi. Odamlar jabrlanmagan. Boshqa tafsilotlar yo‘q. Aeroport RFning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshidan buyon fuqarolik reyslarini qabul qilmayapti.
- BMTning Inson huquqlari bo‘yicha vakili ofisining so‘nggi hisobotida keng ko‘lamli urush davrida Ukraina tinch aholi vakillaridan kamida 8490 kishi halok bo‘lib, 14 mingdan ortiq kishi jabrlangani tasdiqlangan. Qurbonlar bo‘yicha haqiqiy raqamlar bundan ancha ko‘proq.
Kun kadri. Oldingi chiziqdan qaytayotgan ukrain askarlari
Baxmut atrofidagi janglar
Rossiya qo‘shini Baxmut yo‘nalishida ilgarilashda davom etmoqda, ammo jiddiy yo‘qotishlarga uchramoqda, deb yozilgan Amerikadagi Urushlarni o‘rganish instituti (ISW) tahlilchilarining so‘nggi hisobotida. Ularning aniqlik kiritishicha, RF armiyasi Baxmutdan g‘arbda va janubi-g‘arbda kichik yutuqlarga erishgan.
Avvalroq Ukraina quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy Rossiya qo‘shinlarini Baxmutda «yondirilgan yer» taktikasini qo‘llashda ayblagandi. U shuningdek Ukraina qurolli kuchlari «Vagner» XHK otryadlari jangchilarini holdan toydirgani va Rossiya harbiy qo‘mondonligi Baxmutga maxsus topshiriqli bo‘linmalar va havo desant kuchlarini yuborishga majbur bo‘lganini aytgan. RF mudofaa vazirligi va «Vagner» XHK rahbari Yevgeniy Prigojin bu ma’lumotga munosabat bildirmagan.
Izyum atrofidagi ukrain sapyorlari
Leningrad oblastida urush fonidagi hayot tarzi
Mavzuga oid
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024