Jahon | 18:09 / 13.04.2023
4278
2 daqiqa o‘qiladi

Haaga sudi Rossiyaga Ukraina shirkatiga 5 mlrd dollar to‘lash majburiyatini yukladi

Foto: Picture Alliance

Rossiya Ukraina kompaniyasiga Qrimdagi mulki musodara qilingani uchun tovon puli to‘lashi kerak. Kreml Rossiya arbitraj qarorini qayta ko‘rib chiqishini aytdi

Haagadagi arbitraj sud RFga 2014 yilda Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishi natijasida Ukraina milliy kompaniyasiga yetkazilgan zarar uchun «Naftogaz»ga 5 milliard dollar tovon to‘lash majburiyatini yukladi, deb xabar berdi «Naftogaz» bosh direktori Aleksey Chernishev Facebook’da 13 aprel, payshanba kuni. 

«Gap gaz konlarini o‘zlashtirish va boshqa strategik ahamiyatga ega infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aktivlar to‘lovi haqida bormoqda, u to‘qqiz yil avval Ukraina yarimorolini bosib olish chog‘ida tajovuzkorning asosiy nishonlaridan biriga aylangan», — deb yozadi u. 

«Naftogaz» matbuot xizmati ta’kidlashicha, agar Rossiya hukumati sud qarorini ixtiyoriy ravishda ijro etishdan bosh torsa, 1958 yildagi Nyu-York konvensiyasiga ko‘ra, «Naftogaz» sud qarorini ijro etish jarayonini Rossiya aktivlari joylashgan davlatlar hududida boshlash huquqiga ega.

Haaga sudi 5 milliard dollarlik ko‘rsatkich «Naftogaz» aktivlarining Rossiya tomonidan musodara qilinishidan oldingi qiymatini adolatli aks ettirganini aniqladi. Qayd etilishicha, bu Ukraina kompaniyasiga Haagadagi arbitraj tomonidan Rossiyaning Qrimdagi aktivlarini ekspropriatsiya qilgani uchun kompensatsiya sifatida berilgan eng katta summadir. 

2019 yilda Haagadagi arbitraj sudi Rossiya «Naftogaz»ning Qrimdagi mulkini noqonuniy ravishda musodara qilganini tan oldi va 2022 yilda tovon miqdori bo‘yicha eshituvlarni boshladi. «Naftogaz» 10 milliard dollar talab qilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid