Jahon | 16:32 / 13.04.2023
5598
3 daqiqa o‘qiladi

The New York Times: «FSB» Rossiyaning Ukrainadagi yo‘qotishlarini 110 ming kishi atrofida baholayapti

Foto: TASS

«FSB» Rossiyaning Ukrainadagi yo‘qotishlarini halok bo‘lgan va yaralanganlar bilan birgalikda 110 ming kishi atrofida deb hisoblamoqda, deb yozadi The New York Times AQSh razvedkasining sizdirilgan ma’lumotlariga tayanib

Hujjatlardan birida aytilishicha, «FSB» Rossiya Mudofaa vazirligini «Rossiyaning Ukrainadagi yo‘qotishlarini yashirganlikda» ayblagan, sababi harbiy idora o‘z hisobotlarida Milliy gvardiya jangchilari, «Vagner» XHK yollanma askarlari va Chechenistondan Ukrainaga yuborilgan harbiylar o‘rtasidagi yo‘qotishlarni hisobga olmagan. 

AQSh razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ma’lumotlar harbiy amaldorlarning «qo‘mondonlik pillapoyasi bo‘ylab yomon xabarlarni yetkazishni» istamasligidan dalolat beradi. 

Mudofaa vazirligi yo‘qotishlar haqida qanday ma’lumotlarni taqdim etgani hujjatda aytilmagan. 

7 aprel kuni The New York Times gazetasining yozishicha, internetda Amerika xavfsizlik xizmatlari va harbiy departamentlari ishi natijalarini aks ettiruvchi, «sizdirilgan» yangi maxfiy hujjatlar to‘plami paydo bo‘la boshladi. 

Hujjatlarda turli maxfiy ma’lumotlar, jumladan, Ukraina, Yaqin Sharq, Hind-Tinch okeani mintaqasi va Xitoy bo‘yicha brifinglar, shuningdek, terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha rasmiy foydalanish uchun mo‘ljallangan hisobotlar mavjud.

Nashr tayangan nomi oshkor etilmagan rasmiylarga ko‘ra, yangi partiyada yuzga yaqin hujjat chop etilgan. NYT suhbatdoshi bu voqeani Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya va AQShni o‘z ichiga olgan FVEY razvedka alyansi uchun «qo‘rqinchli tush» deb atadi.

Avvalroq internetda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi bilan bog‘liq bir qator AQSh maxfiy hujjatlari e’lon qilingan edi - ular orasida kuchlarni moslashtirish, Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berish, Ukraina havo hujumidan mudofaa qobiliyatini baholash va Ukraina Qurolli kuchlarining bahorgi qarshi hujumi tafsilotlari haqida ma’lumot

Shu bilan birga, e’lon qilingan hujjatlar 1 martdan kechiktirilmagan sanalar bilan belgilangan, bu ularning ahamiyatsizligini ko‘rsatishi mumkin.

Mavzuga oid