Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi Ukrainada «urush homiylari» ro‘yxatiga kiritildi
Kompaniya urush boshlanganidan keyin Rossiyani tark etmagani uchun shu ro‘yxatga kiritilgan.
Ukraina korrupsiyaning oldini olish milliy agentligi (NAPK) Xitoyning Xiaomi kompaniyasini «urushning xalqaro homiylari» ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda agentlik saytida e’lon qilindi.
Bunday qarorga «kompaniyaning urush boshlanganidan keyin nafaqat Rossiyadagi faoliyatini davom ettirgani», balki ushbu mamlakatda smartfonlar savdosi bo‘yicha hamon yetakchi bo‘lib qolayotgani sabab bo‘lgan.
Agentlikning ta’kidlashicha, Xiaomi 2022 yilning bahoridan beri Rossiyada marketing faoliyatini olib bormagan bo‘lsa-da, Rossiya bozoridan chiqib ketish rejalarini e’lon qilmagan.
Xiaomi dunyodagi eng yirik smartfon ishlab chiqaruvchilardan biridir.
Avvalroq NAPK 20 ta kompaniyani, jumladan Fransiyaning Auchan, Leroy Merlin, Bonduelle, Amerikaning Procter&Gamble va boshqa bir qator kompaniyalarini shu ro‘yxatga kiritgan edi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025