Jahon | 11:26 / 14.04.2023
5526
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina uchun snaryadlar: YeI kengashi 1 mlrd yevro miqdoridagi yordamni ma’qulladi

Yevropa Ittifoqi kengashi Ukrainani o‘q-dorilar bilan ta’minlash bo‘yicha uch bosqichli rejani ishga tushirdi. Birinchi bosqich doirasida mamlakatlarga o‘z zaxiralaridan snaryadlarni darhol Ukrainaga o‘tkazish xarajatlari qoplanadi.

Foto: Reuters

Yevropa Ittifoqi kengashi 13 aprel, payshanba kuni Ukraina uchun o‘q-dorilar xarid qilish bo‘yicha yangi reja doirasida Yevropa tinchlik jamg‘armasidan 1 milliard yevro ajratishni ma’qulladi. Bu chora Yevropa Ittifoqiga 2023 yil 9 fevraldan 31 maygacha bo‘lgan muddatda mavjud buyurtmalarni qaytadan hisobga olish orqali Ukrainaga o‘z zaxiralaridan o‘tkazilgan yoki Kiyevga yetkazilgan o‘q-dorilar narxini o‘z a’zo mamlakatlariga qoplash imkonini beradi, deb xabar qildi Bryussel.

Shunday qilib, Yevropa Ittifoqi 20 mart kuni YeI kengashi tomonidan qabul qilingan rejaning birinchi qismini amalga oshirishga kirishdi. Reja uch bosqichdan iborat: a’zo mamlakatlar zaxiralaridan Ukrainaga o‘q-dorilarni o‘tkazish, Ukrainaga o‘tkazish va zaxiralarini to‘ldirish uchun Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi mudofaa sanoati korxonalari bilan o‘q-dorilarni ishlab chiqarish bo‘yicha yangi shartnomalarni rasmiylashtirish, shuningdek, ushbu sohadagi ishlab chiqarish quvvatini ko‘paytirish. Yevropa Ittifoqining maqsadi 2023 yilda Ukrainaga 1 million 155 millimetrli artilleriya snaryadlarini yuborish.

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Ukrainaga o‘q-dori yetkazib berish bo‘yicha kelishuvni tarixiy deb atadi va Yevropa Ittifoqining Ukrainaning Rossiyaga qarshi o‘zini o‘zi himoya qilish qonuniy huquqini qo‘llab-quvvatlashda davom etishdagi qat’iyatini ta’kidladi.

Shu tariqa, Ukrainaga Yevropa tinchlik fondi orqali berilgan harbiy yordam miqdori 4,6 milliard yevroga yetdi. Jamg‘arma 2021 yilda mojarolarning oldini olish, tinchlikni saqlash va xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash maqsadida Yevropa Ittifoqining harbiy va mudofaa bo‘yicha hamkorlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

Отабек Матназаров
Muallif Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid