«Krasnogorsk» qo‘rg‘onini Toshkent va Nurafshon bilan bog‘lovchi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Bugun, 15 aprel kuni Toshkent viloyatining Parkent tumani Krasnogorsk-Qiziltog‘ shaharchasi aholisiga qulay transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish uchun qator yo‘nalishlarda avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.
Krasnogorsk – So‘qoq – Changi – Parkent, Krasnogorsk – Yangibozor – Toshkent hamda Krasnogorsk – Yangibozor – Nurafshon shahriga qatnaydigan, uzoq yillar davomida to‘xtab qolgan avtobus yo‘nalishlari faoliyati qayta tiklandi.
Transport vazirligi Toshkent viloyati transport boshqarmasi tomonidan “Qiziltog‘ qishlog‘i – Parkent AShB” shahar atrofi avtobus yo‘nalishi 3 ta harakat jadvali bilan, “Nevich mahallasi – Rohat – Qo‘yliq 5-metro bekati (Qiziltog‘ qishlog‘i orqali)” shahar atrofi avtobus yo‘nalishi 7 ta harakat jadvali bilan, “Qiziltog‘ qishlog‘i – Nurafshon AShB” shahar atrofi avtobus yo‘nalishi 1 ta harakat jadvali bilan tashkil etildi.
Ushbu yo‘nalishlarda qatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi natijasida turizm qishlog‘i bo‘lgan Krasnogorskka (Qiziltog‘) Toshkent shahri Qo‘yliq mavzesidan, Toshkent viloyati ma’muriy markazi Nurafshon shahridan hamda Parkent tumani markazidan to‘g‘ridan to‘g‘ri avtobuslarda yetib olish imkoniyati yaratildi.
Mavzuga oid
19:38 / 18.09.2024
Toshkentda o‘ndan ortiq avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi
20:48 / 10.09.2024
Toshkentda konduktor mast holda bo‘lgan shaxsni kuch ishlatib avtobusdan tushirib yubordi
11:05 / 08.09.2024
Samarqandda shaharlararo yo‘lovchi tashish avtobusida yaroqsiz go‘sht olib ketilayotgani aniqlandi
19:00 / 30.08.2024