Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron pensiya yoshini oshirish haqidagi qonunni imzoladi
Fransiyada pensiya yoshi 62 dan 64 ga ko‘tarilmoqda. Fransuzlarning aksariyati parlamentni chetlab o‘tib qabul qilingan ushbu qonunni rad etyapti va ommaviy norozilik namoyishlarini davom ettirish niyatida.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron pensiya yoshini oshirish bo‘yicha bahsli qonun loyihasini imzoladi. Bu haqda Fransiya hukumati 15 aprel, shanba kuni xabar berdi. Pensiya yoshini 62 dan 64 ga ko‘taruvchi islohot bir necha oylik shiddatli ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi.
Fransiya Konstitutsiyaviy sudi bir kun avval Makron tashabbusi bo‘lgan pensiya islohoti, qonunning bir qator moddalaridagi huquqiy xatolarga qaramay, qonuniy ekanligini e’lon qildi. Pensiya yoshini ikki yilga oshirish to‘g‘risidagi bandning o‘zi ham sudyalar shikoyatiga sabab bo‘lmadi. Konstitutsiyaviy sud muxolifatning pensiya islohoti bo‘yicha referendum o‘tkazish haqidagi iltimosini rad etdi.
Fransiya bosh vaziri Elizabet Born konstitutsiyadagi bo‘shliqdan foydalanib, munozarali pensiya islohoti loyihasini parlamentda ovoz berishsiz qabul qildi. Milliy assambleyada uning hukumati ishonchsizlik votumiga bardosh bera oldi.
So‘rovlarga ko‘ra, fransuzlarning aksariyati hali ham pensiya islohotini rad etyapti. Reytingi tushib ketgan Makron vaziyatni o‘nglamoqchi, biroq kasaba uyushmalari uning 18 aprel kuni Yelisey saroyidagi muzokaralar taklifini rad etishdi. Buning o‘rniga kasaba uyushmasi rahbari Jan-Lyuk Melanshon yangi ommaviy noroziliklarni e’lon qildi. «Jang davom etmoqda», deya ma’lum qildi u.
Mavzuga oid
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
16:40 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
22:50 / 15.05.2025
Makron va ro‘molcha: nima gap o‘zi?
12:15 / 14.05.2025