Slovyansk o‘qqa tutilishi oqibatlari va Baxmutda qolayotgan askarlar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 416-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar
- Rossiya qo‘shini 14 aprel kuni Donetsk oblastining Slovyansk shahridagi aholi yashash kvartallariga yo‘llagan zarbalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 11 kishiga yetdi, yana 23 kishi yaralangan. Qurbonlar va jabrlanganlar orasida bolalar ham bor.
- Ukrain harbiylari Kursk oblastining chegaradosh hududlarini o‘qqa tutgan. Ikki qishloqda tok uzilgan.
- Volodimir Zelenskiy Igor Akinfeyev, Ilya Averbux, Svetlana Xorkina va RFdan bo‘lgan boshqa sobiq va hozirgi o‘nlab sportchilarga sanksiya qo‘lladi. Shuningdek, mudofaa vazirining qizi Kseniya Shoygu ham sanksiyaga uchragan — u Rossiya triatlon Federatsiyasiga rahbarlik qiladi.
- Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Sergey Kiriyenko Mariupolga keldi.
- Polsha 30 iyunga qadar Ukrainadan bug‘doy va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importini taqiqladi.
Slovyansk o‘qqa tutilishi oqibatlari
Rossiya qo‘shini 14 aprel kuni Donetsk oblastidagi Slovyansk shahriga yettita raketa uchirdi, natijada beshta ko‘p qavatli uy va beshta xususiy uy, shuningdek, do‘kon, xo‘jalik markazi, klub va uchta avtomobil shikastlangan. Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, zarbalar oqibatida tinch aholi vakillaridan 11 kishi halok bo‘lib, 23 kishi tan jarohati olgan. Xarobalar ostida yana odamlar bo‘lishi mumkin. Rossiya tomoni Slovyansk o‘qqa tutilishi yuzasidan izoh bermagan.
Rossiya hukumati Ukrainada «faqat harbiy obektlar»ga zarba berishini aytib kelardi.
Quyida Slovyanskdagi turar joylar o‘qqa tutilishi oqibatlari aks etgan suratlar.
Lvivda asralayotgan tarixiy yodgorliklar
Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshidan buyon Rossiya qo‘shini me’moriy qimmatli bo‘lgan o‘nlab arxitektura yodgorliklari va binolarni yakson qilgan va shikastlagan. Tarixiy markazi YuNeSKO ro‘yxatiga kiritilgan Lviv shahrida esa Uyg‘onish (Renessans) davriga mansub, barokko va klassitsizm uslubidagi yodgorliklar «Ukraina, my pomogayem» tashabbusi bilan yaxshi saqlab qolingan. Bu guruh ishtirokchilari — ukrainalik hamda polshalik restavratorlar va konservatsiya bo‘yicha mutaxassislar — shaharning tarixiy qismidagi obidalar yo‘qotilishidan saqlab qolishda yordam bermoqda.
Baxmutdagi ukrain harbiylari
Baxmut hamon harbiy harakatlar epimarkazida qolmoqda. Ukraina QK bosh shtabining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, kun davomida ukrain armiyasi bu yo‘nalishda 40 dan ortiq hujumni qaytargan. RF mudofaa vazirligi «Vagner» XHK shturmchi otryadlari oldinga siljishda davom etgani va shaharning shimoliy va janubiy chekkalarida ikki kvartal ustidan nazoratni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgani haqida ma’lumot bergan.
Mavzuga oid
21:05
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
20:11
Rossiya Kursk oblastiga hujum uchun 50 ming kishilik qo‘shin to‘pladi - NYT
19:02
The Guardian: Buyuk Britaniya hukumat almashganidan keyin Ukrainaga raketalar yetkazishni to‘xtatdi
13:30