Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand 2024 yilda MDH madaniy poytaxti deb e’lon qilindi
Bu haqda MDH tashqi ishlar idoralari rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Qadimiy Samarqand shahri 2024 yilda Hamdo‘stlik davlatlarining madaniy poytaxtiga aylanadi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandda bo‘lib o‘tgan MDH tashqi ishlar idoralari rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishida aytib o‘tdi.
MDH madaniy poytaxti 2010 yildan boshlab har yili Hamdo‘stlik Davlat rahbarlari kengashi tomonidan tanlanadi. O‘tgan yillar davomida Brest (Belarus), Chimkent (Qozog‘iston), Ko‘lob (Tojikiston), Ganja (Ozarboyjon), Mari (Turkmaniston), Voronej (Rossiya), Mogilyov (Belarus), Ostona (Qozog‘iston), Dosho‘g‘iz (Turkmaniston), Dushanbe (Tojikiston) va boshqalar madaniy poytaxt maqomini olgan.
2023 yilda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri MDH madaniy poytaxti deb e’lon qilingan edi.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025