Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slovakiya Ukrainaga yana 9 ta MiG-29 qiruvchi samolyotini topshirdi
Slovakiya Rossiya agressiyasidan himoya qilish uchun qolgan to‘qqizta MiG-29 qiruvchi samolyotini Ukrainaga topshirdi, dedi Slovakiya mudofaa vaziri Yaroslav Nad Facebook’da.
Foto: oryxspioenkop.com
Samolyotlar eng yuqori xavfsizlik choralari bilan quruqlik orqali tashildi, bu muhim va murakkab logistika operatsiyasi edi, deb yozadi u.
Slovakiyaning yana 4 ta MiG-29 qiruvchisi mart oyida Ukrainaga topshirilgandi.
Nadning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina harbiylari bu samolyotlarni o‘zlari ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Slovakiya Kiyevni qiruvchi samolyotlar bilan ta’minlagan birinchi davlat bo‘ldi.
Avvalroq Germaniya hukumati Polshaga Ukrainaga beshta MiG-29 qiruvchi samolyotini yetkazib berishga ruxsat bergandi.
Polsha tomoni Germaniyadan tegishli ruxsat so‘ragan edi, sababi samolyot ilgari Varshavaga sobiq GDR arsenalidan o‘tkazilgan edi.
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorus bu qarorni olqishladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu «Germaniyaga tayanish mumkin» ekanligini ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025