Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tranzitini saqlab qolishga va’da berdi
Vengriya, Budapesht tomonidan importga vaqtinchalik taqiq joriy qilinganiga qaramay, Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining tranzitini ta’minlashda davom etadi. Bu haqda Ukraina Agrar siyosat va oziq-ovqat vazirligi idora boshlig‘i Nikolay Solskiyning vengriyalik hamkasbi Ishtvan Nad bilan onlayn uchrashuvi yakunlari bo‘yicha xabar berdi.
Vazirlikning Facebook'dagi sahifasida e’lon qilingan bayonotda aytilishicha, tomonlar Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining Vengriyaga eksporti bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilgan.
Solskiy Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishish uchun muzokaralarni davom ettirish zarurligini va bir tomonlama qarorlarning qabul qilinishi mumkin emasligini ta’kidladi.
«O‘z navbatida, Vengriya qishloq xo‘jaligi vaziri Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun tranzit kelajakda ham davom etishiga ishontirdi», deyiladi xabarda.
Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning savdo sohasidagi bir tomonlama harakatlari qabul qilinishi mumkin emas. Bu haqda 16 aprel kuni Yevrokomissiya vakili ma’lum qildi. Uning bayonoti Polsha va Vengriya mahalliy qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini himoya qilish uchun Ukrainadan g‘alla va boshqa oziq-ovqat importini taqiqlashini e’lon qilganidan keyin e’lon qilindi.
Bryussel «Polsha va Vengriya bayonotlari»dan xabardor. «Shu nuqtayi nazardan, savdo siyosati Yevropa Ittifoqining mutlaq vakolati doirasida ekanligini va shuning uchun bir tomonlama harakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidlash zarur», — dedi YeI vakili.
«Bunday qiyin paytlarda Yevropa Ittifoqi doirasidagi barcha qarorlarni muvofiqlashtirish va uyg‘unlashtirish nihoyatda muhim», — deyiladi bayonotda.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025