Jahon | 14:50 / 18.04.2023
24368
5 daqiqa o‘qiladi

Baxmut atrofida Rossiya pozitsiyalariga zarbalar va Sumida dafn marosimi. Urush suratlari

Ukrainada urushning 418-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar: 

  • Vladimir Kara-Murza 25 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Uni Jinoyat kodeksining uchta moddasi bo‘yicha sud qilishdi — Rossiya armiyasi to‘g‘risida «feyk» tarqatish, «xushlanmaydigan» tashkilot faoliyatini yoritish (Free Russia Foundation fondi bilan hamkorlik qilgani) va «davlatga xiyonat».
  • AQSh va Buyuk Britaniya elchixonalari Kara-Murzani ozod etishga chaqirdi. Latviya TIV rahbari Rossiyaning «ushbu uyushtirilgan ishda qatnashgan» 10 nafar fuqarosiga mamlakatga kirishni taqiqladi, ammo ularning shaxsiga aniqlik kiritilmagan.
  • Gulagu.net «Vagner» XHK sobiq komandirlarining Soledar va Baxmutda tinch aholi vakillari (jumladan, yosh bolalar) o‘ldirilgani bo‘yicha ko‘rsatma bergani videolarini e’lon qildi. Ukraina bosh prokuraturasi tekshiruv boshlagan.
  • «Lyudi Baykala» nashri jurnalistlari «Vagner» XHKning Ukrainada halok bo‘lgan yollanma jangchilari dafn etilgan va bungacha ma’lum bo‘lmagan yangi qabristonni topishdi — Irkutskdan 11 kilometr masofadagi Aleksandrovskiy qabristonida urush qurbonlaridan yana 57 kishi ko‘milgan.
  • Moskva harbiy komissari xabar qilishicha, «Davlat xizmatlari» orqali chaqiruv qog‘ozlari bahorgi chaqiriq vaqtidayoq «test rejimi»da yuborila boshlanishini ma’lum qildi. Raqamli taraqqiyot vazirligi hozirda buning uchun asoslar yo‘qligini ma’lum qilgan.

Kun kadri. Sumi oblastida dafn marosimi 

Ukrainalik harbiylar Baxmut atrofida halok bo‘lgan quroldoshi Valentin Matviyenkoning tobutini ko‘tarib ketishmoqda. Matviyenko Sumi oblastidagi o‘zi tug‘ilib o‘sgan Velikiy Sambor qishlog‘iga dafn etildi.
Celestino Arce Lavin / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Ukraina QK dron operatorlari

Ukraina qurolli kuchlari Quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni Oleksandr Sirskiyning RF armiyasi «shaharni vayronaga aylantirgan» bo‘lsa-da, Baxmutdagi vaziyat «nazorat ostida» ekanini aytdi. Amerikaning Urushlarni o‘rganish instituti (ISW) tahlilchilariga ko‘ra, «Vagner» XHK shturmchi otryadlari Baxmut shimoli-g‘arbi va markazidagi ikkita kvartalni egallagan — bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabarida ham aytilgan. Aynan qaysi kvartallar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritilmagan. ISW ekspertlari qayd etishicha, ayni vaqtda Baxmut markazidan o‘tgan temiryo‘l uchun jang ketmoqda.

«Adam» taktik guruhi harbiy xizmatchisi rossiyaliklarning Baxmut atrofidagi pozitsiyalarini aniqlash uchun dron uchirmoqda.
Sergey Shestak / AFP / Scanpix / LETA
«Adam» taktik guruhi harbiy xizmatchisi dronni boshqarmoqda. Monitor ekranida zarba berilgan nishon ustida hosil bo‘lgan tutun buluti ko‘rinadi
Sergey Shestak / AFP / Scanpix / LETA
Sergey Shestak / AFP / Scanpix / LETA

Donbassda oldingi chiziqdagi ukrain artilleriyachilari va vertolyotchilari

Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Kostiantyn Liberov and Vlada Liberova
Foto: Vitalii Yurasov
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

 

Peterburgda Milliy-ozodlik harakati faollari

Milliy-ozodlik harakati (NOD) — Rossiyadagi ultrao‘ng siyosiy birlashma bo‘lib, Kremlga aloqador hisoblanadi. Uning faollari muntazam ravishda yakkalik piketlarga chiqishadi, ammo muxolifat tarafdorlaridan farqli o‘laroq ularni hech qachon hibsga olishmaydi. 2022 yil iyulida harakat faollaridan biri Davlat dumasi binosi oldida «Litva, Latviya, Estoniya va SSSRning boshqa respublikalarining noqonuniy tan olinishi»ni bekor qilishga chaqirilgan plakat ko‘tarib chiqqandi. Vaqt o‘tgan sayin harakat faollari ommaviy aksiyalarga ham yig‘ilmoqda. Xususan, 2022 yil 8 oktyabrida ular AQShning Moskvadagi elchixonasi qarshisida miting uyushtirib, boshqa talablar qatorida prezident Jo Baydenning iste’fosini ham talab qilishgandi.

Sankt-Peterburg ko‘chalaridan birida Rossiya raketasi maketi va sovetlar bayrog‘i o‘rnatilgan avtomobil. Unda Vashingtonni bombardimon qilish chaqirig‘i aks etgan.
Anton Vaganov / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid