Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron o‘ziga xavf tug‘ilsa Isroil shaharlarini yo‘q qilmoqchi
Bu haqda Eron prezidenti ma’lum qildi.
Isroilning Eron xavfsizligiga tahdid soladigan eng kichik harakati Hayfa va Tel-Avivning vayron bo‘lishiga olib keladi. Bu tahdidni Eron prezidenti Ibrohim Raisiy Tehronda Milliy armiya kuni munosabati bilan o‘tkazilgan harbiy paraddagi chiqishi chog‘ida aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron armiyasi «aksilinqilobiy unsurlar, takfirchilar va dushmanlarga qarshi kuchli to‘siqdir».
«Xorijiy kuchlar, xususan AQSh Yaqin Sharqda beqarorlikni keltirib chiqarmoqda. Bu kuchlar imkon qadar tezroq mintaqani tark etishi kerak. Holbuki, Eron Qurolli kuchlari mintaqada xavfsizlik omili hisoblanadi», dedi Raisiy.
Shu bilan birga, Eron prezidenti Isroildan kelayotgan tahdidlarni bartaraf etishga tayyorligini ta’kidladi.
Parad doirasida Eronning harbiy qudrati, jumladan, raketa-tashuvchilar, tanklar, zirhli texnikalar, uchuvchisiz uchish apparatlari, radar va zenit-raketa tizimlari namoyish etildi.
Avvalroq, Isroil agar Tehron uranni boyitish darajasini 60 foizdan oshirsa, Eronga harbiy zarba berishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. Uranni 90 foizga boyitish yadro qurolini ishlab chiqarishga imkon tug‘diradi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025