Samarqand viloyatida o‘rmon xo‘jaligi yerini 25 ming dollarga sotmoqchi bo‘lishdi
Oqdaryo tumanida o‘rmon xo‘jaligi yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar avans sifatida 10 ming dollar olayotganida qo‘lga olindi.
Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida o‘rmon xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 3 gektar yerni noqonuniy sotishga urinishning oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar bermoqda.
Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi va IIB korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.N. Oqdaryo tumanidagi o‘rmon xo‘jaligiga qarashli 3 gektar yer maydonini fuqaro R.T.ga 25 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, tanishlari yordamida hujjatlarni uning nomiga rasmiylashtirib berishi evaziga oldindan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
23:25 / 09.11.2024
Samarqandda Qurolli kuchlar xizmatchisi, soliqchi, Milliy gvardiya va kadastr xodimlari pora bilan ushlandi
15:06 / 01.11.2024
Samarqand viloyatida isitish mavsumi 1 noyabrdan boshlandi
10:59 / 25.10.2024
Samarqand viloyati aholisi 4,3 mln kishiga yaqinlashdi
15:49 / 02.10.2024