Toshkentda YTH oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
Uchtepa tumanida Cobalt va Captiva mashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Ikki haydovchi ham shifoxonaga olib ketilgan, bir yo‘lovchi halok bo‘lgan.

Foto: Toshkent shahri YHXB
18 aprel kuni Toshkent shahri Uchtepa tumanida ikkita avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, soat 16:40 da tumanning Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida Cobalt va Captiva mashinalari to‘qnashib ketgan.
YTH oqibatida haydovchilar jarohat bilan shifoxonaga olib ketilgan. Cobalt yo‘lovchisi olgan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish oqibatida odam o‘lishiga sabab bo‘lish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid

18:04 / 16.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi

16:46 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi

14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

09:41 / 16.05.2025