Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada o‘zbekistonlik kundoshining ikki oylik chaqalog‘i ustiga kislota sepgan ayol qo‘lga olindi
Badanining katta qismi kuyib ketgan go‘dakning ahvoli og‘irligicha qolmoqda.
Turkiyaning janubi-g‘arbidagi Denizli shahrida yashovchi 40 yashar Kerzi Yilmaz 43 yoshdagi eri Go‘khan Yilmazning ma’shuqasidan o‘ch olish maqsadida ularning 2 oylik chaqalog‘i ustiga kislota sepib yuborgan. Hodisa 18 aprel kuni sodir bo‘lgan.
Turk matbuotidagi xabarlarga ko‘ra, erkak uyidan ketib qolganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan, u bilan birga yashab kelayotgan ayol esa O‘zbekiston fuqarosidir. Kerzi Yilmaz eri ma’shuqasi bilan birga yashayotgan uyga bostirib kirgani, kundoshi bilan yoqalashgani aytilmoqda.
OAVning yozishicha, rashk o‘tida yongan ayol uydan chiqayotib kundoshining qo‘lidagi ikki oylik Hamdi Yilmazning ustiga kislota sepib yuboradi. Natijada chaqaloq badanining katta qismi hamda onasining qo‘llari kuyib ketgan.
Qo‘shnilarning chaqiruvlari asosida voqea joyiga politsiya va tez yordam brigadasi yetib borgan. Ayol va uning farzandi Pamukkale tumanidagi shifoxonaga olib ketilgan. Jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan go‘dakning ahvoli og‘ir ekani xabar qilingan.
Ro‘y bergan hodisadan so‘ng qochib ketgan Kerzi Yilmaz politsiya tomonidan hibsga olingan. Biroq u o‘ziga nisbatan ilgari surilayotgan ayblovni rad etgan va bularning barchasi o‘ziga nisbatan uyushtirilgan tuhmat ekanini ta’kidlagan.
Ayol 19 aprel kuni sud binosiga olib kelinganda jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida chaqaloqning ustiga kislota sepganidan tongan.
Denizli'de, Kerzi Yılmaz isimli kadın, evi terk eden eşi Gökhan Yılmaz'ın birlikte yaşadığı Özbekistan uyruklu sevgilisinin evini basıp, ANNESİNİN KUCAĞINDAKİ 2 aylık BEBEĞİN ÜZERİNE ASİT DÖKTÜ.
— mühendisen (@muhendisenn) April 18, 2023
2 aylık bebek ya, onun ne günahı var? Ne! Bebek hastanede.. pic.twitter.com/mEqteojQe8
Mahalliy matbuotda keltirilishicha, Go‘khan va Kerzi ikki nafar farzandning ota-onasi hisoblanadi.
Hodisa yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025