Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlandiyada Rossiya markazining yerlari vaqtincha xatlovga olindi
Markazga qo‘shimcha ravishda, Qarzlarni undirish boshqarmasi Helsinkidagi yettita kvartirani musodara qildi. Xatlovga olish Yevropa Ittifoqining Ukrainaga bostirib kirishi sababli Rossiyaga qarshi joriy qilgan sanksiyalari bilan bog‘liq.
Finlandiya 19 aprel, chorshanba kuni Rossiya fan va madaniyat markazini xatlovga olish qarorini bekor qildi. Bu haqda Yle portaliga Finlandiya qonunlari ijrosini ta’minlash agentligi huquqni muhofaza qilish organlari hududiy maxsus boshqarmasi boshlig‘i Aki Virtanen ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «hozirgi tergovga qaraganda, musodara qilish uchun asos yo‘q». Avvalroq Helsingin Sanomat gazetasi Rossiya fan va madaniyat markaziga qarashli yer va ko‘chmas mulkning Qarz undirish boshqarmasi tomonidan xatlovga olingani haqida xabar bergan edi.
Nashrning yozishicha, tegishli qaror bir hafta avval qabul qilingan va Ukrainaga qurolli bostirib kirishi sababli YeIning Rossiyaga qarshi joriy qilgan sanksiyalari bilan bog‘liq. Xatlovga olish uch hafta davom etadi. Ushbu muddat ichida sud ijrochisi yer va imorat ruxsat etilgan shaxsga tegishli ekanligini, egaligini yoki nazorat qilishini aniqlashi kerak. Gazetaning yozishicha, bino joylashgan yer uchastkasi Rossiyaga tegishli.
Rossiya fan va madaniyat markazining yer va ko‘chmas mulki Tashqi ishlar vazirligining so‘rovidan so‘ng xatlovga olindi. Muzlatilgan aktivlarning qiymati odatda Qarzlarni undirish boshqarmasi qarorlarida baholanadi, biroq Helsingin Sanomat ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya fan va madaniyat markazi mulkining qiymati «noma’lum».
Rossiya davlatining ko‘chmas mulki xatlovga olinishi munosabati bilan Rossiya TIV Finlandiya TIVga nota yo‘llab, Rossiya aktivlarining vaqtinchalik muzlatilishi qonuniyligini tekshirishni talab qildi, deb yozadi «Interfaks». «Finlandiya Tashqi ishlar vazirligiga huquqni muhofaza qiluvchi organ faoliyati davlat mulki daxlsizligi bilan bog‘liq holda xalqaro huquqqa qanday bog‘liqligini tekshirish taklif qilindi», — dedi Finlandiya Tashqi ishlar vazirligining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha vakili Karolina Romanoff.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
00:36 / 28.05.2025