Odessa va Xersondagi vayrongarchiliklar, Ukraina qamoqxonasidagi harbiy asirlar. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 420-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar
- AQSh Ukrainaga 325 million dollarlik yangi harbiy yordam paketi ajratdi.
- Polsha, Slovakiya va Vengriya ortidan Bolgariya ham Ukrainadan bug‘doy olib kirilishiga vaqtinchalik taqiq joriy etdi.
- Tula oblastida tanish belgilari bo‘lmagan dron qulab tushdi.
- Ukrainaga Patriot zenit-raketa majmualari yetib keldi.
- Davlat dumasining mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Andrey Kartapolov bahorgi chaqiruvda elektron chaqiruv qog‘ozi yuridik kuchga ega bo‘lmasligini aytdi.
- Moskva shahar sudi Ilya Yashinga «feyklar» bo‘yicha chiqarilgan hukm yuzasidan berilgan apellyatsiyani rad etdi.
- Rossiyada to‘rtinchi sinf darsliklaridan Kiyev Rusi bo‘limida Kiyev haqidagi eslatmalar olib tashlandi.
Kun kadri. Odessaga zarba oqibatlari
Xerson o‘qqa tutilishidan keyingi vayrongarchiliklar
Ukraina g‘arbidagi koloniyada ishlayotgan rossiyalik harbiy asirlar
Jurnalistlarga asirlikdagi rossiyalik harbiylar mamlakat g‘arbidagi Ukraina qamoqxonasida qanday saqlanayotgani namoyish etildi. Qamoqxonaga borganlar orasida odessalik fotograflar Konstantin va Vlada Liberovlar ham bor. Ular instagram sahifasida shunday yozishadi: «Rossiyalik harbiy asirlarda hayot uchun mutlaqo barcha narsa muhayyo. Ularning ayrimlari uyda, Rossiyada bunday sharoitlarni ko‘rganiga shubha bor. Kaloriya me’yorlariga rioya qilingan holda kuniga uch marta ovqatlanish. Rentgenli shifoxona, zamonaviy stomatologiya xonasi, malakali shifokorlar. Doimiy psixolog kuzatuvi».
Mart oyida BMTning Ukrainada inson huquqlari monitoringi missiyasi harbiy asirlarga qanday munosabatda bo‘lishi haqidagi hisobotini taqdim etgan, unda urushning ikki tomonidagilar ham sudsiz qatl etish va mahbuslarga qo‘pol muomala qilish holatlariga yo‘l qo‘ygani qayd etilgandi. Xususan, hisobot mualliflari rossiyalik harbiy asirlar sudsiz qatl etilishi bilan bog‘liq 25 holatni keltirgan, ukrainlar qatl etilishi holatlari 15 ta bo‘lgan. Qayd etilishicha, Ukraina QK tomonidan shafqatsiz munosabatda bo‘lish holatlarining aksar qismi qo‘lga olish va so‘roq qilishning ilk bosqichlarida kuzatiladi, harbiy asirlar lagerlaridan esa «yomon muomala qilingani haqidagi xabarlar sezilarli darajada kam bo‘lgan». Ukraina Tashqi ishlar vazirligi bu hisobotni tanqid qilgan, shu bilan birga ekspertlarga rossiyaliklar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar hujjatlashtirilgani uchun minnatdorchilik bildirgan.
Quyida mamlakat g‘arbidagi koloniyada bo‘lgan yana bir fotograf Diyego Errera olgan suratlar keltiriladi.
Mavzuga oid
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024