Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Adliya vazirligi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning amalga oshirilishi ustidan nazoratni kuchaytirdi
Badavlat rossiyaliklarning aktivlarini yashirgan kompaniyalar va shaxslarni aniqlash va jinoiy javobgarlikka tortish uchun yangi va maxfiy taktikalardan foydalanilmoqda.
AQSh Adliya vazirligining KleptoCapture nomi bilan tanilgan tezkor ishchi guruhi rahbari Endryu Adams Bloomberg agentligiga bergan intervyusida Vashington Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotiga javoban joriy etilgan sanksiyalardan qochishning oldini olish usullari haqida gapirdi.
Adamsning so‘zlariga ko‘ra, Adliya vazirligi xorijdagi investitsiya maslahatchilari, hej-fondlari, yuridik firmalar va xususiy investitsiya kompaniyalariga e’tibor qaratgan. Avval ularning hech biri tekshirilmagan.
Shu bilan birga, sanksiyalangan tovarlar bilan operatsiyalarni niqoblash uchun kriptovalutalardan foydalanish imkoniyatlari o‘rganilmoqda, badavlat rossiyaliklarning aktivlarini yashirgan kompaniyalar va shaxslarni aniqlash va jinoiy javobgarlikka tortish uchun yangi va maxfiy taktikalardan foydalanilmoqda, dedi Endryu Adams.
«Sanksiya ostidagi oligarxlarga xizmat ko‘rsatadigan va ularning moliyaviy tizimlaridan foydalanish imkoniyatini beradigan yurisdiksiyalar bor va ba’zida ular shunday ishlaydiki, biz haqiqiy tergov o‘tkaza olmaymiz», dedi ishchi guruh rahbari.
U o‘z guruhi e’tibor qaratgan kompaniyalar, shaxslar yoki hududlarni nomlashni istamadi.
KleptoCapture 2022 yil mart oyida harbiy amaliyotga javoban sanksiyalarni amalga oshirish uchun tashkil etilgan.
Shuningdek, tezkor guruh ishi sug‘urta kompaniyalari tomonidan badavlat rossiyaliklar foydalanadigan samolyotlar uchun polislarning bekor qilinishiga olib keldi. Natijada ular deyarli parvoz qilish imkoniyatini yo‘qotdi.
Yaqinda AQSh Kongressi Adliya vazirligiga sanksiyalar buzilishi tufayli hibsga olingan aktivlardan tushgan mablag‘larni Ukrainaga o‘tkazish huquqini berdi. Ammo bu eksport nazorati buzilganligi sababli hibsga olingan samolyotlar kabi aktivlarga taalluqli emas. Endryu Adams 5,4 million dollarga yaqin pul o‘tkazishga ruxsat berilganini aytdi va buni «dengizdan tomchi» deb atadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
11:00 / 28.05.2025