Belgoroddagi portlash oqibatlari, Vuhledar mudofaasidagi askarlar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 421-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Peterburgda elektron chaqiruv qog‘ozlarini sinov rejimida yuborish boshlandi.
- Bloomberg o‘z manbasiga tayanib xabar berishicha, AQSh va g‘arbning boshqa qator davlatlari — Ukrainaning ittifoqchilari Rossiyaga tovarlar eksportini «qariyb to‘liq» taqiqlashni rejalashtirmoqda. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya bozorini tark etmoqchi bo‘lgan xorijiy kompaniyalar ustama foydadan bir martalik yig‘im to‘lashi kerak bo‘ladi.
- NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg urush boshlanganidan buyon ilk bor Kiyevga keldi.
- Mariupolda Rossiya raketasi berilgan tug‘uruqxonada olingan surat World Press Photo mukofotini oldi.
- Kiyev osmonida yorqin nurni payqashdi. Versiyalardan biriga ko‘ra, shu vaqtda meteorit qulagan, boshqasiga ko‘ra — Amerikan sun’iy yo‘ldoshi.
- 20 aprel kuni kechqurun Belgorodda Rossiyaning Su-34 samolyoti bombasi portladi. Rossiya mudofaa vazirligi xabar berishicha, shahar ustidan uchayotgan samolyotdan «aviatsiya o‘q-dorisining g‘ayritabiiy tushib ketishi» ro‘y bergan.
- Bryansk oblastida turar joy binosiga Ukraina qurolli kuchlari droni quladi. Gubernator Aleksandr Bogomazning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.
Kunning asosiy voqeasi: Belgorod ustida Rossiyaning SU-34 samolyotidan bomba tushib ketishi
20 aprel kuni kechqurun Belgorod shahri markazida portlash ro‘y berdi — natijada Vatutina va Gubkina ko‘chalari kesishmasida ulkan o‘ra hosil bo‘lgan. Mahalliy rasmiylarning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, uch kishi jabrlangan.
Chorrahadagi to‘rt avtomobil shikastlangan, mashinalardan biri portlash to‘lqinidan havoga ko‘tarilib, yo‘l chetidagi do‘kon tomiga borib tushgan. Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkovning aniqlik kiritishicha, Shalandina ko‘chasidagi uyda to‘rtta kvartira ham shikastlangan. RF mudofaa vazirligiga ko‘ra, bu Rossiyaning Su-34 harbiy samolyotidan «aviatsiya o‘q-dorisining g‘ayritabiiy tushib ketishi» edi — tovushdan tez uchuvchi qiruvchi-bombardimonchi shu vaqtda shahar ustida uchayotgan bo‘lgan.
Tula oblastidagi tashviqot
Vuhledar frontidagi ukrain askarlari
Rossiya qo‘shini Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshidan buyon Vuhledarni egallashga harakat qilib kelmoqda — Donetsk oblasti janubidagi bu shahar tepalikda joylashgani tufayli strategik ahamiyatga ega hisoblanadi. Masalan, Ukraina QK bu yerdan turib Donbassdan Zaporijjyaga olib boruvchi temiryo‘lni osonlik bilan o‘qqa tutishi mumkin, shu tufayli hozirda bu yo‘ldan foydalanilmayapti.
Rossiya qo‘shinining fevral oyida Vuhledarni egallashga bo‘lgan urinishlari muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi. Ammo rossiyaliklar hozircha bu shaharni egallash niyatidan butkul qaytgani yo‘q va uni o‘qqa tutib, bombardimon qilishda davom etmoqda. Ukrainalik harbiylar xabar berishicha, 19 aprel kuni Rossiya aviatsiyasi turar joy binosiga aviazarba bergan. Quyida, Vuhledar atrofida mudofaani ushlab turgan ukrain askarlari aks etgan suratlar.
Frontning boshqa yo‘nalishlaridagi askarlar
Mavzuga oid
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024