Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha Xitoy tajribasini o‘rganmoqda
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasining Xitoyga tashrifi davomida provinsiyalarga safarlari amalga oshirildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Delegatsiya a’zolari kambag‘allikni qisqartirish va qishloq hududlarini rivojlantirish bo‘yicha Xitoy tajribasini o‘rganish maqsadida Xebey, Gansu va Yunnan provinsiyalari va shaharlarida bo‘lib, ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Delegatsiyaning tashrifi davomida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash maqsadida turizm, savdo, qishloq xo‘jaligi, gul yetishtirish, o‘simliklardan tabiiy dorivor mahsulotlar ishlab chiqarish va boshqa sohalarda tashkil etilgan loyihalarni ko‘zdan kechirdilar.
Xitoy provinsiyalarining tajribasidan foydalanish masalasi ham muhokama qilindi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025