Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Rossiya bilan bog‘liq geografik nomlarni taqiqladi
Qonun uch oydan keyin kuchga kiradi. U bilan geografik obektlarga "Rossiyani yuksaltiruvchi, abadiylashtiruvchi, targ‘ib qiluvchi" nomlar berish taqiqlanadi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy “Geografik nomlar to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi, unga ko‘ra Rossiya va uning arboblari bilan bog‘liq geografik obektlarga nom berish taqiqlanadi. Tegishli ma’lumot 21 aprel, juma kuni Ukraina Oliy radasi saytida paydo bo‘ldi.
Qonun geografik obektlarga "Rossiyani yuksaltiruvchi, abadiylashtiruvchi, targ‘ib qiluvchi" nomlar berishni taqiqlaydi.
Xususan, gap Rossiya yodgorlik joylari, sanalari, voqealari, Ukrainaga yoki boshqa davlatga qarshi tajovuzni amalga oshirgan shaxslar, shuningdek, totalitar sovet va Rossiya tuzumlarini, shu jumladan, ukrainaliklarni tanqid qilgani uchun ta’qib etish bilan bog‘liq totalitar siyosat va amaliyot haqida ketmoqda.
Qonunni Rada ko‘rib chiqishi uchun taqdim etgan ukrainalik parlamentariylar fikriga ko‘ra, uning qabul qilinishi Rossiyaning Ukraina ichki siyosatiga va ukrainaliklarning dunyoqarashiga ta’sirini kamaytirish, shuningdek, Rossiya propagandasi faoliyati oldini olish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, desovetizatsiyani tezlashtirishga yordam beradi.
Qonun uch oydan keyin kuchga kiradi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025