Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada urushdan ko‘rilgan zararning 37 foizdan ortig‘i uy-joylarga to‘g‘ri keladi
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi mamlakatga 143,8 milliard dollar miqdorida zarar yetkazdi, deb xabar berdi Ukraina Milliy xavfsizlik, mudofaa va razvedka qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Yuriy Aristov Kiyev iqtisodiyot maktabi hisob-kitoblariga tayanib.
Uning tushuntirishicha, bular "to‘g‘ridan to‘g‘ri va hujjatlashtirilgan moddiy yo‘qotishlar"dir.
Ukraina hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, eng katta zarar turar joy binolari (53,6 milliard dollar yoki 37,3 foiz) va infratuzilmaga (36,2 milliard dollar yoki 25,2 foiz) to‘g‘ri keladi.
AQSh moliya vaziri Janet Yyellen Rossiya Ukrainaga yetkazilgan zararni qoplashi kerak, deb hisoblaydi. Bu pozitsiyani AQSh Moliya vazirligi rahbari CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi, undan parchalarni telekanal o‘z veb-saytida 15 aprel kuni joylashtirdi.
Yyellenning so‘zlariga ko‘ra, hozirda buni amalga oshirishga imkon beradigan mexanizmlar bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
«Menimcha, jahon hamjamiyati Rossiyadan bu mas’uliyatni kutmoqda», - deydi u. «Biz buni hamkorlarimiz bilan muhokama qilmoqdamiz, biroq muzlatilgan Rossiya aktivlari bilan nima qilishimiz mumkinligi borasida qonuniy cheklovlar mavjud», — dedi Janet Yyellen.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 12 aprel kuni Xalqaro valuta jamg‘armasi va Jahon banki rahbarlariga murojaatida Rossiya Markaziy bankining butun dunyo bo‘ylab muzlatib qo‘yilgan aktivlarini musodara qilish va ulardan Ukrainani qayta qurish uchun foydalanishga chaqirdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025