O‘zbekiston | 18:08 / 24.04.2023
8168
2 daqiqa o‘qiladi

Abdulla Aripov va Rustam Minnixonov muzokaralar o‘tkazdi

Foto: Tatariston hukumati matbuot xizmati

23 aprel kuni Tatariston rahbari Rustam Minnixonov amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

Bugun, 24 aprel kuni Tatariston rahbari O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashdi.

«Ushbu og‘ir damlarda biz samarali savdo-iqtisodiy va madaniy-humanitar sheriklikni saqlab qoldik va hamkorlikni mustahkamlashda davom etmoqdamiz», — dedi Rustam Minnixonov. 

U O‘zbekiston tomonining ko‘magi tufayli Jizzaxda «KFU» filialining tibbiy ta’lim markazi va texnopark ochilganini ta’kidladi.

Abdulla Aripov o‘zaro tashriflar savdo aylanmasini oshirayotganini ta’kidladi:

«Har bir tashrifingiz yangi inshootlarning ochilishi bilan birga keladi. Bugun siz Jizzax texnoparkining ochilishida bo‘ldingiz. Umid qilamanki, u Chirchiqdagidek muvaffaqiyatga erishadi», - deydi u.

Tomonlar energetika, avtomobilsozlik, vertolyotsozlik, gaz-motor yonilg‘isi, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda hamkorlik qilish uchun hali ko‘p imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladilar.

Bugun Jizzaxda Tatariston rahbari 2022 yil oktyabr oyida viloyatga so‘nggi tashrifi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan qo‘shma texnopark ochilishida ishtirok etdi, shuningdek, «KFU» filialining yangi tibbiy ta’lim markaziga tashrif buyurdi.

Mavzuga oid