Jahon | 15:50 / 24.04.2023
18354
7 daqiqa o‘qiladi

Baxmut uchun jang davom etmoqda, Xarkivga yana zarba berildi. Urush suratlari

Ukrainada urushning 424-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina kuchlari Xerson oblastida Dnipro daryosining so‘l sohiliga desant tushirgan. Bu haqda Amerikaning Urushlarni o‘rganish instituti (ISW) rossiyalik harbiy muxbirlarning kadrlari geolokatsiyasiga tayangan holda xabar tarqatdi. Ukraina tomoni esa «harbiy amaliyot shartlari axboriy sukutni talab etishi»ni ma’lum qildi. 
  • Ukraina QK bosh shtabining 24 aprel kungi hisobotida aytilishicha, so‘nggi bir kunda rossiyaliklar bitta raketa zarbasi va 46 ta aviazarba yo‘llagan, shuningdek artilleriya hamda baravar o‘t ochish reaktiv tizimlaridan 60 bor o‘t ochgan. Bosh shtab ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyaliklar hozirda asosan Baxmut, Avdiyivka va Maryinka yo‘nalishlarida yurish qilishga harakat qilmoqda.
  • ISW’ning 23 aprel kungi ma’lumotnomasida qayd etilishicha, Ukraina armiyasi Baxmut g‘arbida katta bo‘lmagan hududni nazoratida ushlab qolmoqda. Ekspertlarning taxmin qilishicha, Rossiya armiyasi ushbu shaharni ukrainlarning qarshi hujumi boshlanishidan oldinroq egallashni maqsad qilgan.
  • Rossiyalik harbiylar yaqin vaqtlar ichida Vuhledar shturmini qaytadan boshlaydi, bu haqda telemarafon vaqtida Ukraina QK Tavr yo‘nalishi mudofaa kuchlari rasmiysi Oleksiy Dmitrashkovskiy ma’lum qildi. «Dushman yondirilgan yer taktikasiga amal qilmoqda», — degan u.
  • Germaniya TIV rossiyalik diplomatlar chiqarib yuborilganini tasdiqladi. «Oxirgi bir necha hafta mobaynida federal hukumat Germaniyada Rossiya razvedkasi mavjudligini qisqartirish uchun Rossiya tomoni bilan xorijiy vakolatxonalardagi [xodimlar] soni bo‘yicha muzokaralar olib bordi», — deya xabar bergan TIVdagilar n-tv telekanaliga.
  • Anneksiya qilingan Sevastopol gubernatori Mixaylo Razvojayev xabar berishicha, 24 aprelga o‘tar kechasi shahar suv osti dronlari hujumiga uchragan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanuvchilar yo‘q. Ukraina tomoni bu xabarga munosabat bildirmadi.
  • Parijda bir necha o‘n kishi siyosatchi Aleksey Navalniyning jamoasi RF mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanovning rafiqasi deb atagan Svetlana Maniovichning uyi oldida norozilik aksiyasi uyushtirdi.
  • Putinning matbuot kotibining o‘g‘li Nikolay Choulz yarim yil mobaynida soxta hujjatlar bilan «Vagner» XHKga yollanib, Ukrainada jang qilgani aytilmoqda. Lekin bu davrda uning «Tesla» rusumli avtomashinasi Moskvada ikki bor jarimaga tortilgan.

Kotlyari qishlog‘iga zarba

Ukraina hukumati ma’lumotiga ko‘ra, 22 aprel kuni kechqurun Rossiya Xarkiv shahri va undan 13 kilometr masofada joylashgan Kotlyari qishlog‘iga raketa zarbalari yo‘llagan. Oblast harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning ma’lum qilishicha, Kotlyarida ikkita xususiy uy butkul vayron bo‘lgan, yana 10 tasi qisman shikastlangan, shuningdek, to‘rtta mashina va garaj jabrlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q.

Kotlyarida yashovchi oila vakillari «24-kanal»ga raketa zarbasi oqibatlari haqida aytib berishgan: «Zarba bo‘ldi, oynalar sinib ketdi. Deraza parchalari har tomonga uchib ketmadi, aks holda barchamiz yaralangan bo‘lardik. Ha, ular sinib ketdi, ammo skotch ularni ushlab qoldi». «Hammasi tushib ketdi, qandillar, oynalar, eshiklar, barchasi to‘kildi», — deya xabar bergan jurnalistlarga mahalliy aholi vakillaridan yana biri.

Kotlyarida Rossiyaning raketa zarbasidan keyin portlagan mashina va shikastlangan xususiy uy
Yevhen Titov / Reuters / Scanpix / LETA
Kotlyari qishlog‘i aholisi vakillari vayrongarchiliklarni ko‘zdan kechirmoqda
Yevhen Titov / Reuters / Scanpix / LETA
Kotlyariliklar zarbadan shikastlangan uyning tomini tuzatishmoqda
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Raketa zarbasi oqibatlari
Yevhen Titov / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Raketa zarbasidan keyin darvozada snaryad parchalaridan qolgan izlar
Yevhen Titov / Reuters / Scanpix / LETA

Baxmut uchun janglar

Rossiya qo‘shini 2022 yil yozidan buyon Donetsk oblastidagi Baxmut shahrini shturm qilishda davom etmoqda. 22 aprel kuni Rossiya mudofaa vazirligi RF armiyasi Baxmutning uchta kvartali egallanganini xabar qildi, 23 aprel kuni esa yana ikki kvartalga kirilgani ma’lum qilindi. «Kvartal» deganda aynan nima va qaysi hududlar nazarda tutilgani aniq emas. Rossiyalik harbiylar oldinroq vokzalni egallashgan, u yerdagi ukrain harbiylarini shaharning g‘arbiy qismiga chekintirgan, shuningdek Baxmutdan Chasiv Yarga olib ketuvchi yo‘llarni kesib qo‘yish uchun urinishlarni davom ettirayotgandi.

Ukraina tomoni bu bayonotlarga munosabat bildirmadi. Volodimir Zelenskiy «Al-Arabiya» telekanalida 23 aprel kuni berilgan intervyusida izohlashicha, Ukraina Baxmutdan chekinmaydi, chunki «bu Rossiya qo‘shini va «Vagner»ga harbiy harakatlar frontini kengaytirishga va Ukrainaning yanada ko‘proq yerlarini egallashga imkon beradi».

Baxmut ustida tutun
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina quruqlik qo‘shinlarining «Aydar» 24-shturm bataloni harbiylari Baxmut hududida mashinaga o‘q-dori yuklamoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
«Aydar» jangchisi Baxmut yo‘nalishida front chizig‘i atrofidagi binolardan birini tekshirib chiqmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Frontdagi ukrain zenitchilari 

Ukrainaning 57-alohida motopiyodalar brigadasi zenit-raketa va artilleriya divizioni jangchilari Baxmut atrofidagi pozitsiyada
Maria Senovilla / EPA / Scanpix / LETA
Maria Senovilla / EPA / Scanpix / LETA
Maria Senovilla / EPA / Scanpix / LETA

Kiyev oblastida xarobalarni tozalayotgan ko‘ngillilar

Kiyev oblasti Zagalsi qishlog‘ida mahalliy aholiga vayron bo‘lgan uyni tozalashda yordam ko‘rsatayotgan ko‘ngillilar. Keng ko‘lamli bosqin boshida Rossiya qo‘shini Kiyev va uning atrofidagi hududlarni egallab olishga uringan, ammo chekinishga majbur bo‘lgandi. Bosqinning ilk oyida Zagalsining bir qismi xarobaga aylangan
Roman Pilipey / Getty Images

Mavzuga oid