Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya: Rossiya egallab olgan hududlarida pasportlarini majburan tarqatyapti
Foto: RIA Novosti
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi tomonidan e’lon qilingan Ukrainadagi urush bo‘yicha vaziyatning navbatdagi sharhi bosib olingan hududlardagi ukrainaliklarga Rossiya pasportlarining majburiy tarqatilishiga bag‘ishlandi.
Bu hududlar aholisi «shubhasiz, Rossiya Federatsiyasi pasportlarini olishga majbur bo‘lmoqda», — deyiladi idoraning Twitter’dagi bayonotida.
«Rossiya pasportlardan bosib olingan hududlarni «ruslashtirish» vositasi sifatida foydalanmoqda, xuddi 2022 yil fevralidagi bosqindan oldin Donetsk va Luhanskda bo‘lgani kabi», — deya ta’kidlab o‘tdi London.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi 2024 yilgi prezidentlik saylovlari arafasida bosqinni muvaffaqiyatli deb ko‘rsatish uchun Ukrainaning bosib olingan hududlari integratsiyasini tezlashtirishga intilmoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025