Jahon | 12:03 / 24.04.2023
10523
1 daqiqa o‘qiladi

Moskva viloyatida Ukraina droni quladi

Foto: Telegram

Moskva viloyatining Bogorodskiy shahar okrugida dron qulab tushdi. Ma’lumot TASS axborot agentligiga huquq-tartibot idoralarida tasdiqlangan

Dron qulab tushishi haqida Baza, Mash va Shot Telegram-kanallari ham xabar bergan. Qayd etilganidek, dron Noginsk yaqinida qulagan, UUA mahalliy aholi tomonidan o‘rmondan topilgan. 

Telegram-kanallar ma’lumotlariga ko‘ra, UUA 17 kg portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan. Gap Ukrainada ishlab chiqarilgan UJ-22 Airborne droni haqida ketmoqda. Bunday dronning uchish masofasi 800 kilometrgacha. 

Ilgari bunday dron Moskva viloyatining Kolomenskiy tumanida, Gubastovo qishlog‘i yaqinidagi «Gazprom» gaz kompressor stansiyasi hududiga qulagan edi, deb eslatib o‘tgan «Novaya gazeta Yevropa». 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid