O‘zbekiston | 19:51 / 24.04.2023
13067
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi

2021 yilda O‘zbekiston eksportida Xitoy ulushi eng yuqori bo‘lgan, 2022 yildan boshlab bu ko‘rsatkich bo‘yicha Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda O‘zbekiston Rossiyaga 3,1 mlrd dollarlik tovar va mahsulotlarni eksport qildi. Natijada, bu mamlakat O‘zbekiston eksportida birinchi o‘ringa chiqib oldi. 2021 yilda bu ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoy (2,5 mlrd dollar) oldinda edi.

Tarkiban olib qaralganda, O‘zbekiston eksportidagi top-5 mamlakatlar 2 yil davomida o‘zgarishsiz qoldi – o‘zbek tovar va mahsulotlari yuqoridagi ikki mamlakatdan tashqari Turkiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda bozori chaqqonligicha qolgan.

2022 yilda O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:

- Rossiya - $ 3,1 mlrd;

- Xitoy - $ 2,5 mlrd;

- Turkiya - $ 1,5 mlrd;

- Qozog‘iston - $ 1,4 mlrd;

- Qirg‘iziston - $ 979 mln.

2021 yilda O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:

- Xitoy - $ 2,5 mlrd;

- Rossiya - $ 2,1 mlrd;

- Turkiya - $ 1,7 mlrd;

- Qozog‘iston - $ 1,2 mlrd;

- Qirg‘iziston - $ 791 mln.

2023 yil yanvar-mart oylarida ham vaziyat deyarli o‘zgarmadi. Faqat yuqori beshlikka kiruvchi davlatlar qatorida Qirg‘iziston o‘rnini Afg‘oniston egalladi, Turkiya esa Xitoydan o‘zib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

2023 yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:

- Rossiya - $ 736,2 mln;

- Turkiya - $ 336,4 mln;

- Xitoy - $ 334,1 mln;

- Qozog‘iston - $ 280 mln;

- Afg‘oniston - $ 178,2 mln.

Mavzuga oid