Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston qo‘shni davlatlarga suv sotishni boshladi
Bishkek suv o‘rniga qishda elektr energiyasi olyapti.
Qirg‘iziston suvni qo‘shni davlatlarga tovar sifatida sotishi kerak. Deputat Chingiz Aydarbekov Jogorku Keneshning xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishida shunday bayonot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston o‘z qo‘shnilariga suv ham mamlakatning boyligi ekanini oqilona tushuntirishi kerak.
«Suv ham neft kabi resursdir. Biz sug‘orish davrida suv yig‘amiz, saqlaymiz va qo‘shnilarga beramiz. Albatta, boshqa davlatlar bunga qarshi bo‘ladi, lekin allaqachon dalillar bilan talab qo‘yish kerak», dedi xalq deputati.
Energetika vaziri Taalaybek Ibrayevning aytishicha, Jahon banki suvdan foydalanganlik uchun haq to‘lash masalasini hozirdanoq ko‘tarmoqda.
«Bu jarayon allaqachon boshlangan. Qo‘shnilar o‘rtasida ayirboshlashni boshladik. Bizni qishda suv evaziga elektr energiyasi bilan ta’minlaydilar», dedi Ibrayev.
Mavzuga oid
18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025