Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda havo harorati ko‘tarilishi davom etadi
So‘nggi kunlarda O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha quruq va iliq ob-havo kuzatildi. Keyingi kunlarda ham respublikada shunday ob-havo saqlanib turadi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun va hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Farg‘ona vodiysi ayrim tog‘li hududlarida va respublika janubida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
25 aprelda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublika barcha hududlarida haroratning ko‘tarilishi davom etadi. Havo harorati kechalari +13...+15 darajagacha, ba’zi joylarda +16...+18 darajagacha, kunduz kunlari +30...+33 darajagacha, cho‘l hududlarda va respublika janubida ba’zi joylarda +35...+37 darajagacha ko‘tariladi, bu aprel oyining oxirgi o‘n kunlik me’yoriy qiymatlaridan 4-6 darajaga yuqoridir.
Poytaxtda bugun va ish haftasining oxirigacha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechasi +12...+14 daraja, kunduzi +28...+30 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:17 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
12:01 / 24.03.2025
Haroratning keskin o‘zgarishi bo‘g‘imlarga qanday ta’sir qilishi aytildi
20:10 / 11.03.2025
JSST: Har yili havo ifloslanishi oqibatida 7 millionga yaqin odam vafot etmoqda
12:54 / 04.03.2025