Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi yangi avtobus va elektrobuslar atmosferaga chiqadigan zaharli gazlarni 1,2 ming tonnaga kamaytiradi - vazirlik
10 apreldan 10 mayga qadar butun respublika bo‘ylab «Toza havo» oyligi o‘tkazilmoqda. Bunda transport vositalaridan atmosferaga zaharli gazlar tarqalishini kamaytirish ko‘zda tutilgan.
Tabiat resurslari vazirligi xabariga ko‘ra, Toshkentga Xitoydan olib kelingan 223 ta yangi avtobus va elektrobuslar havodagi zaharli tashlamalarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Ta’kidlanishicha, yangi avtobus va elektrobuslar O‘zbekiston prezidentining 2022 yil 2 fevraldagi «Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra olib kelingan.
Yangi transport vositalari bugundan poytaxt ko‘chalarida 1000 dan ortiq yo‘nalishda harakatlanmoqda. Natijada atmosfera havosiga chiqariladigan zaharli gazlar miqdori bir yilda o‘rtacha 1,2 ming tonnaga kamayishiga erishiladi, deyiladi ma’lumotda.
Qayd etilishicha, 2022 yilning fevral oyida Toshkent shahriga Xitoyda ishlab chiqarilgan ekologik toza, har tomonlama qulay va zamonaviy bo‘lgan 20 dona elektrobus olib kelingan edi. 2025 yilgacha yana 673 ta elektrobus xarid qilish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar
19:08 / 13.05.2025
Toshkentda avtobuslar uchun yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
14:39 / 13.05.2025