Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Kiyevga yana 1,5 mlrd yevro miqdorida makromoliyaviy yordam taqdim etdi
Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen Ukrainaga YeIning yillik makromoliyaviy yordam paketi doirasida yana 1,5 milliard yevro ajratilishini e’lon qildi.
Foto: AP
«Biz Ukrainaga Rossiya tajovuzkorligiga qarshi turishda, uning institutlari va infratuzilmasini saqlab qolishda, muhim islohotlarni amalga oshirishda yordam berishda davom etamiz», deb yozdi u Twitter’da.
Bundan oldin Yevropa komissiyasi (YeK) va Ukraina 2023 yilda Kiyevga 18 milliard yevrogacha kredit berishni nazarda tutuvchi memorandumni imzolagandi.
Financial Times gazetasining xabar berishicha, 2023 yilda Ukraina xalqaro hamkorlaridan 38 milliard dollar (oyiga taxminan 3,5 milliard dollar) budjet yordami olishni kutmoqda.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy harbiy harakatlar tugaganidan keyin mamlakatni tiklash uchun 1 trillion dollardan ko‘proq mablag‘ kerak bo‘lishini aytdi.
Mavzuga oid
08:50 / 24.05.2025
Kiyev va mintaqaga tungi hujum: jabrlanganlar bor
10:38 / 21.05.2025
Kiyev YeIni AQSh senatorlarining sanksiyalar bo‘yicha g‘oyalarini qabul qilishga chaqirdi
10:00 / 21.05.2025
YeI Rossiyaga qarshi to‘rtta rejim doirasida sanksiyalar kiritdi
08:27 / 21.05.2025