Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Dose» markazi: Kreml Boltiqbo‘yi mamlakatlariga ta’sir ko‘rsatish strategiyasini ishlab chiqdi
2021 yilda Rossiya prezidenti ma’muriyatining chegara aloqalari bo‘limi maxsus xizmatlar ko‘magida Latviya, Litva va Estoniyaning ichki siyosatiga ta’sir qilish strategiyasini ishlab chiqdi, deb yozadi «Dose» surishtiruv markazi xalqaro jurnalistlar konsorsiumi tomonidan olingan hujjatlarga tayanib.
Shunday qilib, Latviyada Kreml 2030 yilgacha mamlakatning Rossiya bilan siyosiy ittifoqlarda ishtirok etishiga va rus tilining davlat tillaridan biri sifatidagi maqomini mustahkamlashga umid qilyapti.
Litvada Moskva 2025 yilgacha Vilnyusning rus muxolifatini qo‘llab-quvvatlash faoliyatini cheklashga va rossiyaparast jamg‘armalar, nodavlat va notijorat tashkilotlari faoliyatini kengaytirishga, 2030 yilga borib esa - «Litva rahbariyati uchun mintaqada NATO harbiy ishtirokini kuchaytirishdan milliy xavfsizlikka yetkazilgan zararni tan olish sharoitini yaratishga intiladi».
Estoniyada Rossiya hukumati 2025 yilga borib respublika jamoatchiligida Shimoliy Atlantika alyansi mavjudligi haqidagi salbiy kayfiyatni shakllantirishga hamda mamlakatning siyosiy, harbiy va biznes elitasida barqaror rossiyaparast ta’sir guruhlarini yaratishga umid qilmoqda.
Mavzuga oid
14:43 / 10.05.2025
Germaniyaning yangi tashqi ishlar vaziri Boltiqbo‘yida xavfsizlikni mustahkamlash niyatida
22:28 / 18.04.2025
Asirlar, amir va Araqchi bilan. Kremldagi uch uchrashuv haqida
16:03 / 17.04.2025
«Vajnyye istorii»: Serbiya Kremlga yaqin shaxslarga fuqarolik beryapti
17:47 / 30.03.2025