Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada qator xorijiy aktivlarni "vaqtinchalik boshqarish" to‘g‘risidagi farmon imzolandi
Hujjat Rossiyaning xorijdagi aktivlari musodara qilingan taqdirda javob choralarini nazarda tutadi va Germaniyaning Uniper energetika kompaniyasi "Yunipro"dagi ulushini "Rosimushchestva" vaqtincha boshqaruviga o‘tkazadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin RFning xorijdagi aktivlari musodara qilingan taqdirda yuridik va jismoniy shaxslarning “do‘st bo‘lmagan” davlatlardagi aktivlarini “vaqtinchalik boshqaruvga” o‘tkazishni nazarda tutuvchi farmonni imzoladi. Hujjat 25 aprel, seshanba kuni e’lon qilindi.
Davlat mulkini boshqarish federal agentligi ("Rosimushchestvo") vaqtincha boshqaruvchi etib tayinlandi. Ushbu chora qo‘llaniladigan aktivlarning ilova qilingan ro‘yxati Germaniyaning Uniper energetika kompaniyasiga tegishli "Yunipro" YoAJ aksiyalari 83,73 foizini, Fortum Russia B.V.'ga tegishli "Fortum" 69,88 foizini, shuningdek, Fortum Holding B.V.'ga tegishli bo‘lgan "Fortum" aksiyalari 28,34 foizini o‘z ichiga oladi.
Hujjatda qayd etilganidek, vaqtinchalik boshqaruvchi ushbu aktivlar egasining vakolatlarini amalga oshiradi, “mol-mulkni tasarruf etish bundan mustasno”, shuningdek, vaqtincha boshqaruvdagi mol-mulkni inventarizatsiya qiladi va uning saqlanishini ta’minlaydi. Faqat Rossiya prezidenti tashqi nazoratni to‘xtata oladi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025