Yaponiya xususiy modulining Oyga qo‘nishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi
Ishlab chiquvchi ispace kompaniyasi tan olishicha, Hakuto-R apparati rejalashtirilgan vaqtda aloqaga chiqa olmagan, u Oyga qo‘nishga urinayotganda falokatga uchragan.
Yaponiyaning Hakuto-R Oy moduli bortida Birlashgan Arab Amirliklarining Rashid lunoxodi (Oyga tushiriladigan o‘ziyurar avtomatik apparat) bilan Oy yuzasiga qattiq qo‘nish vaqtida qulab tushgan bo‘lishi mumkin. Modulni ishlab chiqaruvchi ispace chorshanba kuni u Yerning tabiiy sun’iy yo‘ldoshi yuzasiga «yuqori ehtimol bilan qattiq qo‘nishni amalga oshirganini» tan oldi.
Hakuto-R Oyga qo‘nadigan birinchi tijorat moduli bo‘lishi kerak edi. U 2022 yil dekabr oyida Amerikaning SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketa tashuvchisi yordamida Kaneveral burnidan koinotga uchirilgan. 2023 yilning mart oyida o‘lchami 2x2,5 metr va og‘irligi 340 kg bo‘lgan qurilma Oy orbitasiga yetib bordi.
Qo‘nishga urinish 26 aprel kuni Yaponiya vaqti bilan soat 01:40 lar atrofida (Toshkent vaqti bilan 25 aprel 21:40)da amalga oshirilgan, uni YouTube’da jonli efirda kuzatish mumkin edi. Bu jarayonda modul bilan aloqa uzilib qoldi va kompaniya muhandislari uni qayta tiklay olmadilar. Taxminiy qo‘nish vaqtidan bir necha soat o‘tgach, missiya rahbarlari u muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlanganini tan oldi, hodisa sababini hali aniqlashtirish talab etiladi.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, muvaffaqiyatsizlikka qaramay, keyingi kosmik missiyalarni tayyorlashda foydalaniladigan «katta hajmdagi ma’lumotlar va tajriba» olindi.
Mavzuga oid
21:18
Yaponiyada seysmik yoriqlar tufayli yadroviy reaktorni qayta ishga tushirishga ruxsat berilmadi
19:55 / 11.11.2024
Yaponiyada Ishiba hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi
17:59 / 11.11.2024
Yaponiyaning asosiy meteorologik sun’iy yo‘ldoshi ishdan chiqdi
23:27 / 10.11.2024