Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:51 / 27.04.2023
18729
4 daqiqa o‘qiladi
Avdiyivkada qutqarilayotgan otlar va Ukraina shaharlaridagi vayrongarchiliklar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 427-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Si Jinping va Volodimir Zelenskiy telefon orqali muloqot qildi — bu ular Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshidan buyon birinchi bor gaplashishi bo‘ldi. Zelenskiyning hisoblashicha, muzokaralar mamlakatlar o‘rtasidagi «ikki tomonlama munosabatlar rivoji uchun katta turtki» bo‘ladi. XXR TIVdagilar ma’lum qilishicha, Xitoy «urushni imkon qadar tezroq tugatish uchun o‘z hissasini qo‘shadi».
- Peterburgda «harbiy komissariatga kelmaganlik» uchun qo‘llanadigan cheklov choralari to‘g‘risidagi shtamplar aks etgan chaqiruv qog‘ozlari tarqatila boshlandi.
- Chexiya patriarx Kirillga qarshi sanksiya qo‘llab, Rus pravoslav cherkovi rahbari «zulmni oqlash uchun e’tiqodni suiiste’mol qilgani»ni bildirdi.
- Federatsiya kengashi davlatga xiyonat uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi.
- Xerson oblastida ukrainalik jurnalist Bogdan Bitik halok bo‘ldi. U hamrohlik qilgan La Repubblica muxbiri Korrado Zunino esa tan jarohati olgan. Jurnalistlar Antonov ko‘prigi yaqinida rossiyalik merganlar pistirmasiga duch kelishgan, ularning ustida «Pressa» yozuvi tushirilgan zirhli nimchalar bo‘lgan.
- Ukraina yana 44 odamini asirlikdan qaytardi, ular orasida tinch aholi vakillari bo‘lgan ikki kishi, shuningdek Mariupolda, Xerson oblastida va «Azovstal»da jang qilganlar bor. Rossiya mudofaa vazirligi esa 40 harbiy asirlikdan qaytarilgani haqida xabar bergan.
Kun kadri. Baxmut
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Baxmutdagi ukrain askarlari
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Ukrainaning turli hududlaridagi vayrongarchiliklar








Donetskka zarba oqibatlari
Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donbassda otlarning qutqarilishi
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025