Prezident: O‘zbekiston JSTga tezroq a’zo bo‘lib kirishdan manfaatdor
Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkiloti talablari O‘zbekistondagi islohotlar mazmuniga to‘la mos ekanini ta’kidladi.
Xalqaro kongress markazida ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi. Uning yalpi majlisida prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda tashqi savdoni erkinlashtirish bo‘yicha navbatdagi muhim qadamlar qo‘yildi.
Investorlar uchun zarur bo‘lgan 7 mingdan ziyod xomashyo va tovarlarga bojxona bojlari bekor qilindi.
Bojxona hududida qayta ishlashning soddalashgan tartibi joriy etildi.
Tashqi savdo va raqobat muhitini yangi bosqichga olib chiqish, yangi-yangi bozorlarga kirish maqsadida O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish borasidagi ishlarni jadallashtirdi.
“Alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman, Jahon savdo tashkiloti talablari islohotlarimiz mazmuniga to‘la mos va biz ushbu nufuzli tashkilotga tezroq a’zo bo‘lib kirishdan manfaatdormiz”, - dedi prezident.
Hozir a’zo mamlakatlar bilan muzokaralar olib borish hamda milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti qoidalari bilan uyg‘unlashtirish qizg‘in bosqichda.
Mavzuga oid
11:52 / 14.09.2024
Saida Mirziyoyeva: «Oiladagi zo‘ravonliklarga qarshi kurash bo‘yicha mamlakatimiz mintaqada yetakchiga aylanganidan faxrlanaman»
08:14 / 14.09.2024
O‘zbekiston 18 davlat bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
14:24 / 13.09.2024
Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi
14:29 / 20.08.2024