Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston bilan kooperatsiya loyihalarini tezlashtirish zarurligini ta’kidladi
Toshkent investitsiya forumi dasturi doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi raisi – prezident administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarovni qabul qildi.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston ko‘p qirrali hamkorligiga oid amaliy jihatlar muhokama qilindi.
Ikki tomonlama munosabatlarning bugungi yuksak darajasi mamnuniyat bilan qayd etildi. Jadal muloqotlar davom ettirilmoqda, muhim iqtisodiy loyihalar va gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.

Yaqinda O‘sh shahrida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi teatrning yangilangan binosi tantanali ochildi, Qo‘qon shahrida esa sportchilarning spartakiadasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Hududlar forumi va Avlodlar uchrashuvini o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Davlat rahbari avtomobilsozlik, energetika, transport infratuzilmasi, poytaxtlarda savdo uylarini ochish bo‘yicha kooperatsiya loyihalarini tezlashtirish zarurligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025