O‘zbekistonda referendum kuni: fuqarolar va amaldorlar saylov uchastkalarida
Soat 8:00 dan referendum uchastkalarida madhiya yangrab, saylovchilar o‘z tanlovlarini amalga oshirishga kirishdi.
O‘zbekistonda 30 aprel kuni soat 8:00 dan Konstitutsiyaning yangi tahriri bo‘yicha referendum boshlandi. Saylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni soat 20:00 ga qadar davom etadi.
Respublika bo‘ylab jami 10,7 mingdan ortiq saylov uchastkalari ochilgan. Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga 19,7 mln fuqaro kiritilgan.
Uchastkalarda amaldagi Konstitutsiya va asosiy qonunning yangi tahriri loyihasi, shuningdek, taklif etilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha 100 savolga javob to‘plamlari tayyorlab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning taklif etilayotgan yangi tahriridagi alohida bandlar bilan birga hujjat loyihasining to‘liq matni ham stendlarda ko‘rsatilgan.
Saylovchilar saylov byulletenida bitta savolga javob berishi kerak: «Siz «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunini qabul qilasizmi?» Ikkita javobdan birini belgilash kerak bo‘ladi: «Ha» yoki «Yo‘q».
Saylov uchastkalarida ilk soatlardan fuqarolar faolligi kuzatilmoqda.
Navoiy viloyati
Navoiy viloyatida 70 mingdan ortiq saylovchi ovoz berib bo‘ldi. Soat 9:00 holatiga Navoiy viloyati bo‘yicha 71 455 nafar saylovchi saylov uchastkalariga kelib, o‘z konstitutsion huquqlaridan foydalanishdi.
Viloyat bo‘yicha 411 ta referendum uchastkasi tashkil etilgan va ovoz beruvchilar soni 621 679 nafar. Shundan 18 225 nafari birinchi bor referendumda ishtirok etmoqda. 8241 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz bergan.
Jizzax viloyati
Jizzax viloyatida ham ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tmoqda. Fuqarolar erta tongdan ovoz berish jarayonida ishtirok etmoqda. Ular orasida keksalardan tortib yosh bolali ayol va erkaklarni ham ko‘rish mumkin.
Ma’lumot uchun, 4-Jizzax okrug hududidagi 1 ta shahar va 12 ta tumanda tashkil etilgan jami 522 ta referendum uchastkalarida 785 494 nafar ovoz beruvchilar ro‘yxatga olingan.
Saylovda qatnashayotgan davlat amaldorlari
Davlat arboblari, hokimlar, vazirlar va boshqa mashhurlar o‘z ovozlarini berishmoqda.
Prezident administratsiyasi a’zolari
Vazirlar
Viloyatlar hokimlari
Mavzuga oid
16:12
Tanzila Norboyeva Rossiyada MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasida ishtirok etdi
13:56 / 19.11.2024
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
13:10 / 17.11.2024
O‘zbekiston parlamenti a’zolari Bokuda o‘tayotgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyada ishtirok etdi
22:55 / 16.11.2024