O‘zbekiston | 19:09 / 02.05.2023
9852
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda mikrochiplar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda
O‘zbekiston Germaniyaning “Infoneon technologies” kompaniyasi bilan hamkorlikda SIM-kartalar, ID-kartalar, plastik kartochkalar, maishiy texnikalar va hatto avtomobillar uchun yarimo‘tkazgich modullarini mahalliylashtirmoqchi.
Bunda, Germaniya kompaniyasi O‘zbekiston bilan nou-xao (tijorat sirlari)ni bo‘lishishi ko‘zda tutilmoqda.
Bu haqda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov Berlinda o‘tayotgan biznes forum doirasida Kun.uz'ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Korxona Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashadi. Uning qurilish ishlarini boshlaymiz va ishlab chiqarishni 2024 yil 1-chorakdan yo‘lga qo‘yamiz”, – dedi “O‘zeltexsanoat” rahbari.
Mavzuga oid
14:50
Germaniya yil oxirigacha Ukraina uchun yana 400 mln yevro ajratadi
13:30
GFR iqtisodiyot vaziri: Germaniyada endi gaz taqchilligi yo‘q
12:10
Germaniyadagi qator portlashlarda Niderlandiya narkomafiyasi gumon qilinmoqda
11:40 / 19.09.2024