Jahon | 14:38 / 03.05.2023
6465
2 daqiqa o‘qiladi

Belgraddagi maktabda otishma: kamida sakkiz kishi halok bo‘ldi

Serbiya poytaxtida yettinchi sinf o‘quvchisi otasining to‘pponchasidan maktab o‘quvchilariga qarata o‘t ochdi. Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, bir qo‘riqchi va yana yetti kishi halok bo‘lgan, kamida yetti nafar o‘smir yaralangan, gumonlanuvchi qo‘lga olingan.

Foto: AP

Belgradda o‘smir o‘quvchilar va maktab qo‘riqchilariga qarata o‘t ochdi. Serbiya Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, voqea ertalab soat 8 lar atrofida sodir bo‘lgan. “Politsiya barcha mavjud patrullarni jo‘natdi, zudlik bilan voqea joyiga borib, gumon qilinayotgan shaxsni qo‘lga oldi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Bir qo‘riqchi va yana yetti kishi olgan jarohatlaridan vafot etgani aytiladi, bir necha maktab o‘quvchilari jarohat olgan. Belgrad matbuotiga ko‘ra, yetti kishi kasalxonaga yotqizilgan, yaradorlar orasida bir o‘qituvchi va uch nafar o‘quvchi ham bor. Tanjug agentligiga ko‘ra, bir o‘smirning ahvoli og‘ir va operatsiya qilinmoqda.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, yettinchi sinf o‘quvchisi otasining qurolidan foydalangan. Politsiya uning ryukzaki ichidan yondiruvchi moslamalarni ham topdi. Shundan so‘ng maktab evakuatsiya qilindi, uning yonida politsiya va tez yordam mashinalari navbatchilik qilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid