Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiya berish vakolati prokurorlardan sudga o‘tkaziladi
“Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Qonun loyihasi bilan “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunga va O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan.
Ularga muvofiq quyidagi tartib o‘rnatilmoqda:
- tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni xatlash to‘g‘risida sudga iltimosnoma prokuror tomonidan kiritishi;
- tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiya berish vakolatini prokurorlardan sudlarga o‘tkazish;
- sud tomonidan tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiya berish to‘g‘risidagi materiallarni, shuningdek ushbu toifadagi materiallarni apellyatsiya tartibidagi ish yuritishda ko‘rib chiqish;
- tayinlangan ehtiyot chorasini jinoyat natijasida yetkazilgan ziyon (zarar) yoki uning qoplanmagan qismi miqdoridan oshiq bo‘lishi sharti bilan garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirish.
Hujjatda qayd etilishicha, taklif etilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar orqali:
- fuqarolarning qonuniy huquq va erkinliklarini ta’minlashning samarali mexanizmi yaratiladi;
- milliy qonunchilikda “Xabeas korpus” institutining ta’sir doirasi kengaytiriladi va tergov ustidan sud nazorati kuchaytiriladi;
- O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilashga, shu jumladan Huquq ustuvorligi indeksining Jinoiy odil sudlov tarkibiy indikatorlaridagi mavqeyini yaxshilashga erishiladi.
Mavzuga oid
20:12 / 26.05.2025
Samarqand shahrining sobiq prokurori Navoiy shahriga prokuror bo‘ldi
12:02 / 24.05.2025
«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi
09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
21:06 / 22.05.2025