Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeXHT: Ukrainalik bolalar o‘g‘irlanishi - Rossiyaning harbiy jinoyati
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) hisobotiga ko‘ra, Rossiya Ukrainadan ukrainalik bolalarni o‘g‘irlab, harbiy jinoyat sodir etgan.
Hujjatda aytilishicha, Rossiyaga va Rossiya Federatsiyasi nazorati ostidagi hududlarga deportatsiya qilish ham insoniyatga qarshi jinoyat deb hisoblanishi mumkin.
"Aniq raqamlar hali ham noma’lum, ammo keng ko‘lamli ko‘chirilish fakti na Ukraina, na Rossiya tomonidan bahsli emas", dedi Moskvaga qarshi ayblovlarni tekshirish bo‘yicha Latviya, Norvegiya va Chexiyadan kelgan uch nafar huquqshunos.
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Rossiyani Ukrainadan bolalarni olib chiqib ketishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi va Xalqaro jinoiy sud ham bu masalani tekshirayotganiga ishora qildi.
Mart oyida Haaga sudi Vladimir Putinni, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergan edi.
Ular harbiy jinoyatlarda, xususan, ukrainalik bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilishda gumonlanmoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025