Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Berlin sudi 8-9 may kunlari Ukraina bayroqlarini namoyish qilishga ruxsat berdi
Berlin politsiyasi sovet yodgorliklarida Rossiya va Ukraina bayroqlarini namoyish qilishni taqiqladi, ammo sud faqat Ukraina bayrog‘i haqida qaror chiqardi - Rossiya bayrog‘i taqiq ostida qoldi.
Berlin ma’muriy sudi politsiyaning 8 va 9 may kunlari Treptov-park, Tirgarten hamda Shyonxolser-Xayddagi sovet yodgorliklariga Ukraina bayroqlarini o‘rnatishga qo‘ygan taqiqini bekor qildi. Bu haqda 5 may, juma kuni kechqurun taqiq ustidan shikoyat qilgan Ukraina mahalliy tashkiloti va uning advokati xabar berdi.
"Biz birinchi instansiya majlisida g‘alaba qozondik. Hozirdan boshlab Ukraina bayroqlari va ukrain qo‘shiqlariga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi", deb yozdi asosan Germaniyadagi ukrainaliklarni birlashtirgan Vitsche tashkiloti Twitter’da.
Sud qarori faqat Ukraina bayroqlari va harbiy musiqalarga taalluqli - Rossiya bayroqlari taqiqlanganligicha qolmoqda, deb yozadi rbb. Media-kompaniya ixtiyorida bo‘lgan hujjatda aytilishicha, Berlin politsiyasi qarori “jamoat xavfsizligiga tahdid borligini ko‘rsatuvchi hech qanday dalil” keltirmagani uchun “o‘z-o‘zidan noqonuniy”.
Vitsche advokati Patrik Haynemann Berlin ma’muriy sudi Ukraina tashkilotining huquqiy pozitsiyasini tasdiqlaganini izohladi. “Ukraina xalqi va uning tarixiy qurbonlarini qo‘llab-quvvatlashni ochiq e’lon qilish uchun o‘zining asosiy huquqidan foydalangan kishi jamoat xavfsizligiga tahdid solmaydi”, dedi rbb'ga u.
Berlin politsiyasi Twitter’da sud qarori ustidan shikoyat qilmoqchi emasligini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025